Samarqand davlat chet tillar institutining Gagarin ko’chasi 43-uy manzilida joylashgan hududida mavjud bo’lgan va foydalanishga yaroqsiz 4 qavatli 350 o’ringa moslashgan talabalar turar joyida mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlar davom etmoqda.
Institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov hamda prorektor Zafar Qo’ziyevlar birgalikda binoda ishlarning davom etish holati, xonalarga o’rnatiladigan ikki yarusli krovatlar va jihozlarning sifatlilik darajasi hamda quyosh panellarining qay holatda o’rnatilish holatlari bilan yaqindan tanishdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yaqin kunlarda foydalanishga topshirish ishlari yuzasidan mas’ullarga kerakli ko’rsatmalarni berishdi.






SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
