Samarqand davlat chet tillar institutida arab tili va adabiyotini o‘qitishni yanada rivojlantirish maqsadida Saudiya Arabistoni Podshohligi “Podshoh Salmon Arab tili xalqaro akademiyasi” bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.
Shu munosabatda, bugun, 29-noyabr kuni ushbu akademiyaning direktori o‘rinbosari Ibrohim bin Muhammad abanmi ishtirokidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.
Unda institut rektori v.v.b. F.Ro‘ziqulov hamda Ibrohim bin Muhammad abanmilar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda arab tilini, adabiyotini o‘qitishni rivojlantirish, jumladan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar stajirovkalarini tashkil etish, birgalikda arab tili darsliklari yaratish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, delegatsiya tarkibida bo’lgan arab tili mutaxassislari tomonidan joriy yilning 30-noyabr kunidan 7-dekabr kuniga qadar institutning Sharq tillari fakultetida metodik seminarlar tashkil etiladi.


.jpg)


.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
