O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar vatanparvarlik oyligini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarini tayyorlash markazida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida katta tadbir tashkil etildi.

Unda SamDChTI talabalaridan tashkil topgan “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi hamda faol talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va chiroyli raqslar ijro etildi va shu munosabat bilan institutimiz nomidan harbiylarni bayram bilan tabrikladilar.

Share:
2019-01-20 13:25:00 89