Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. 

Samarqand davlat chet tillar institutida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda professor-o'qituvchilar, talabalari va qiziquvchilar ishtirok etishdi. Jarayon yurtimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi va institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, jarayon doirasida iqtidorli talabalar ijrosida Konstitutsiya hamda Vatanga bag'ishlab she'r va ajoyib qo‘shiqlar kuylandi. Turli xil sahna ko'rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-12-07 11:45:48 161