Xabaringiz bor, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda barcha shart-sharoitlarni yaratib berish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov ishtirokida institutda tahsil oluvchi talabalar, ya'ni guruh sardorlari  bilan ochiq muloqot uchrashuvini o’tkazdi.

Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rishlari borasida takliflarini bildirib o’tdi.

Jumladan, institutda so’nggi yillarda talabalar hamda professor-o’qituvchilarga yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar, shuningdek, endilikda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar xususida so’z yuritdi.

So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida savol-javob jarayoni davom etdi. Shuningdek, hozirda ta’lim jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ta’limni sifatli davom ettirish, chin yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga, albatta, ko’mak berilishi ma’lum qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-12-18 16:59:47 126