Jumladan, SamDCHTI va XXRning Xitoy xalqaro ta'lim Fondi o'rtasidagi hamkorlik doirasida Yaqin sharq tillari kafedrasida faoliyat olib borishi uchun Shanxay xorijiy tillar universiteti o'qituvchisi xitoy tili mutaxassisi Bao Liyang xonim taklif etildi.
Shuningdek, SamDCHTI qoshidagi Akademik litsey hamda Konfutsiy insitutida talabalarga xitoy tilidan saboq berishi uchun xitoylik magistrantlar Wu Jiali hamda Qin Fenglar jalb etildi.
Ma'lumot uchun, SamDCHTIda 2023-2024 o'quv yilida doimiy faoliyat olib borishi uchun bugungacha 23 nafar xorijlik mutaxassislar qabul qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
