Samarqand davlat chet tillar instituti va Kareya Respublikasidagi “Koreya ikki tillilik jamiyati, Global koreysshunoslik tadqiqot instituti” bilan hamkorlikda “Tillar tadqiqi va ta’limining dolzarb masalalari” va “Koreya va O‘rta Osiyoning bilingual ta’limida mahalliy o‘qituvchilarning malakasini oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi tillar tadqiqi va ta’limining dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iboratdir. Konferensiya ishida Koreya Respublikasidagi “Global koreysshknoslik tadqiqot instituti” prezidenti Kim Ji Hyong, Koreya ikki tillilik jamiyati prezidenti Chin  Jong Ranlar ham ishtirok etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-12-20 16:24:50 151