Joriy yilning 5-dekabr kuni e'lon qilingan UI GreenMetrics World University Rankings-2023 (Dunyo OTMlarining global ekologik reytingi)da Samarqand davlat chet tillar instituti birinchi marta qatnashishiga qaramasdan dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan minglab ishtirokchi universitetlar orasida 537-o‘rinni egallab barqaror rivojlanish va barqarorlikka hissa qo‘shishga sodiqligini ko‘rsatdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, SamDCHTI O‘zbekistonning 41 ta reytingdan o‘rin olgan OTMlari orasida jami 6265 ball to‘plab, 9-o‘rin bilan O‘zbekistonning eng yaxshi 10 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirdi.
Bu muvaffaqiyat Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasining xalqaro miqyosdagi o‘rnini va reytinglardagi ishtirokini mustahkamlash yo‘lida tinimsiz mehnati samarasidir. SamDCHTI barqaror ta’lim makonini shakllantirishda o‘z o‘rnini tasdiqlab, yangi marralar sari intilishda davom etadi.


.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
