Bugun, 5-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov Ingliz tili-II fakulteti jamoasi bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda mazkur o’quv yilida amalga oshiriladigan ishlar xususida so’z yuritildi.
Jumladan, o’quv reja va dasturlarda belgilangan vazifalarni bajarish, fakultet ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ma’rifiy, ma’naviy, ilmiy hamda tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etish, har bir talaba bilan individual holda ishlash kabilar yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Jarayon davomida professor-o’qituvchilarga o’quv jarayonida mas’uliyatli bo’lish uqtirildi, shuningdek, o’z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan yoki o’z vazifasini suiite’mol qilgan o’qituvchi yoki xodimga nisbatan jiddiy chora ko’rilishi alohida ta’kidlandi.


.jpg)




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
