Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov navbatdagi uchrashuvni institutning Ingliz tili-I fakulteti professor-o’qituvchilari bilan o’tkazdi. Unda o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida so’z yuritildi.

Shuningdek, fakultet ilmiy salohiyatini yanada oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni bundan-da kengaytirish, o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratish, jumladan, xorijdan turli xil investitsiya va grantlarni jalb etish hamda ilmiy ishlanmalarni xalqaro jurnallarda chop etish yuzasidan kerakli ko’rsatmalr berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-01-06 16:41:06 167