Bugun, 6-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov Sharq tillari hamda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetlari dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirokida yig’ilish o’tkazdi.
Unda institut bitiruvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi boʼyicha xalqaro tan olingan sertifikat olishlarini taʼminlash, yuqori malakali va xorijiy til bilish sertifikatiga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilar tarkibini kengaytirish, talabalar uchun xorijiy tillarni oʼrganish boʼyicha qoʼshimcha adabiyotlarni tavsiya etish kabilar muhokama qilindi.
Jarayon davomida professor-o’qituvchilarga o’quv jarayonida mas’uliyatli bo’lish uqtirildi, shuningdek, o’z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan yoki o’z vazifasini suiite’mol qilgan o’qituvchi yoki xodimga nisbatan jiddiy chora ko’rilishi alohida ta’kidlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
