O‘zbekiston – Xitoy ta’lim forumi ikki mamlakat o‘rtasida ta’limning barcha bosqichidagi masalalar muhokamasi uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.
Ushbu forumda ilmiy sohada ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Guvohi bo‘lganingizdek, hamkorlikda o‘tkazilayotgan Forumda ikkala tomondan ham ta’lim hamda ilm-fan sohalari uchun mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari, xususan, SamDCHTI rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov ham ishtirok etmoqda.
Unda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida bir qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
