Ta’lim tizimini rivojlantirish, talaba-yoshlarni yetuk mutaxassis kadrlar sifatida tayyorlab chiqarish, jumladan, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar qilinib kelinmoqda.

Shu munosabatda bugun, 9-fevral kuni Belarus Respublikasi ta’lim vaziri A.Ivanets boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida bo‘lishdi. Jumladan, mehmonlar hamda Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. F.Ro‘ziqulov ham ishtirok etib, institut to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar, hamkor xorijiy oliygohlar, institut ilmiy salohiyati hamda Belarus universitetlari bilan hamkorlik inkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-09 17:10:20 4336