Xorijiy tillarni o’qitish, o’quvchilarga hamda talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berish borasida hukumatimiz, xususan, davlatimiz rahbari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, joriy yilning 10-fevral kuni Fransiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Jarayon davomida institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand viloyatidagi umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitish yuzasidan takliflar almashinildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida fransuz tilini o’qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusida fransuz tilini o’qitish sifatini bundan-da oshirish borasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yana-da yaxshilashga kelishib olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-10 15:12:06 3732