Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim sifatini yanada yaxshilash va talabalar hamda professor-o’qituvchilarga barcha mos qulayliklarni yaratib berish borasida keng miqiyosida qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom ettirilmoqda.

Xabaringiz bor, hozirda institutning Gagarin ko'chasi 43-uy manzilida joylashgan hududida 200 o'rinli talabalar turar joyi ikki yarusli kravatlar o'rnatish evaziga 350 o'ringa moslashtirilib, mukammal qayta ta'mirdan chiqarildi hamda barcha zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi. 

Bugun, institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov o'rnatilgan jihozlarning sifatlilik darajasi, xonalarning isitilish holati, shuningdek, talabalar bo'sh vaqtlarida shug'ullanadigan mashg'ulot xonalari bilan yaqindan tanishib chiqdi hamda aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-21 12:08:50 209