Bugun, 21-fevral kuni Janubiy Koreyaning Woosuk universiteti vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti va Woosuk universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida tomonlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Jumladan, institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov hamda Woosuk universiteti vitse-prezidenti Kim Dong-Ju janoblari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan takliflar almashinildi.

Professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini yanada oshirish, birgalikda yangi ta’lim yo’nalishlarini ochish, yangidan yangi o’quv adabiyotlari va darsliklar yaratish kabilar shular jumlasidan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-21 19:26:14 1949