Amir Temur – o’rta asrlarning yirik davlati arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temur mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, ko’pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berdi.

Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan  Samarqand davlat chet tillar institutida “Sohibqiron siymosiga yuksak ehtirom” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov kirish so‘zi ochib berib, buyuk sarkardaning hayotiy ijodi va faoliyati haqida to’xtalib o’tdi. 

Shundan so’ng tadbirni badiiy qismiga navbat berilib, talabalar tomonidan tayyorlangan Amir Temur haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, davlat boshqaruvi uslublari, Temur tuzuklaridan parchalar, uning harbiy yurishlari, farzandlari, ta’lim, ilm-fanga qo’shgan hissasi, me’moriy obidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Buyuk davlat arbobining hozirgi kun uchun ham muhim bo’lgan Temur tuzuklari o’zbek, rus, tojik, rus, yapon hamda ingliz tilida bayon etildi. 

Buyuk sarkarda va davlat arbobi bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo’lgan o’lkan merosni qoldirdi. U buyuk markazlashgan davlatchilikka asos soldi, ko’plab mamlakatlarni zabt etib, o’z tarixini – buyuk insonning tarixini yaratdi. Amir Temur - insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi. Mana shunday buyuk zotlar xotirasiga alohida ehtirom ko’rsatilishi hozirgi Sohibqiron vorislarining burchlari hisoblanadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-04-09 14:38:29 142