Hozirda SamDCHTIda Sankt-Piterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda rus tili bilish darajasini aniqlash testlari tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun ushbu universitetning Osiyo va Afrikashunoslik fakulteti dekani Aleksey Rodionov ishtirokidagi mehmonlar SamDCHTI rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov qabulida bo‘ldi.

Tomonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda ta'lim sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish borasida  hamkorlik Memorandumini imzolash, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.

Shuningdek, mehmonlar tomonidan SamDCHTIning xitoy tili o'qituvchilari va talabalari uchun seminar mashg'ulotlari ham o‘tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-04-23 11:26:27 187