Samarqand davlat chet tillar institutida Sharq tillari fakultetining turk tili yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida “Turkcha ifodali she’r o‘qish” bellashuvi o‘tkazildi. Unda Turkiyaning Samarqand shahridagi bosh konsuli Salih Janer janoblari ham ishtirok etib, talabalarga xorijiy tillarni o’rganishda muvaffaqiyat yor bo’lishini bildirdi. Jumladan, bellashuv natijalariga ko‘ra faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalarga diplom hamda esdalik sovg’alari tuhfa qilindi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-04-24 17:38:41 202