
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda jamiyatimizda keng targ‘ib etish xalqimizga xos bo’lgan insoniy fazilatlardandir.
Avvalo, bu qutlug‘ bayramda barchamiz shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni diyonat, ezgulik va fayz-baraka ayyomi – muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli ishlaringizni Yaratganning o‘zi ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimizning nufuzini yanada yuksaltirish borasidagi fidokorona faoliyatingizda omad yor bo‘lsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonimizda tinchlik, osoyishtalik bardavom bo‘lsin! Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin! Hayotimizning faravonligi, turmushimizning obodligi hamda ilm-fanning jadal sur'atlarda taraqqiy etishiga tilakdoshman. Kelgusi yilda ham Yaratgan barchamizni muqaddas Qurbon hayitida shod-u xurramlikda, yorug' yuz bilan uchrashtirishni nasib aylasin. Sog‘ va omon bo‘ling!
Bahodir Aliqulovich Xoliqov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
