Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilari o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, yangi hayot sari qadam qo'ymoqda. SamDCHTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, akademik litsey direktori Fazliddin Ro'ziqulov litsey bitiruvchilarini ta'lim dargohini muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Jarayon davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirish bilan bir qatorda a'lo baholar bilan tamomlayotganlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi. O’zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori, fan olimpiada va musobaqalardagi faxrli natijalarga erishgan bitiruvchilar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.
Ma’lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 3 ta yo‘nalish xorijiy tillar, ijtimoiy gumanitar fanlar hamda aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishida o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan maxsus dastur asosida bilim beriladi.
Bugungi kunda litseyda o‘quvchilar soni 322 nafarni tashkil etadi, shundan 156 nafar bitiruvchilar litseyni tamomlab, oliy ta’lim bosqichiga qarab yo‘l olishmoqda. Ushbu o‘quv yilida xorijiy tillarni tomomlayotgan 156 nafar bitiruvchilarning 121 nafari xorijiy tillarni bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi va o‘quvchilarning aksariyati bir nechta xorijiy oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.










SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
