Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Xoliqov Bahodir Aliqulovich fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, markazlar direktorlari, kafedralar mudirlari bilan uchrashuv o'tkazib, joriy o'quv yili davomida qilingan ishlar hamda yangi o'quv yilida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar taqdimotlari bilan yaqindan tanishdi. 

Taqdimot davomida joriy o’quv yili yakunlari bo'yicha hisobotlar, yangi o’quv yiliga jiddiy tayyorgarlik ko’rish masalalari muhokama qilinib, kafedralarda ilmiy-innovatsion markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan fundamental amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etish yuzasidan kafedra mudirlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, institutda iqtidorli talabalar safini yanada kengaytirish, talabalarning bo’sh vatqlarini mazmunli o’tkazish, ularning muntazam bandligini ta’minlash hamda daromad topishlari uchun talabalarni bo’sh ish o’rinlariga joylashtirishda ko’maklashish, jumladan, ta’til vaqtida talabalardan doimiy xabardor bo’lish borasida vazifalar belgilandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-06-21 22:06:46 156