Bugun, 10-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon bo’lib o’tdi.

Ijodiy imtihon O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan ikki bosqichda, ya’ni yozma va suhbat asosida o’tkazildi. Birinchi bosqichda abituriyentlar beshta mavzudan birini tanlab, insho yozdi. Ikkinchi bosqichda komissiya a’zolari abituriyentlarni suhbatdan o‘tkazdi.

2024-2025 o’quv yilida xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga jami 134 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bugun imtihon jarayonida 105 nafar abituriyent qatnashdi. 29 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.

Share:
2024-07-10 17:35:11 215