Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Italiyaning Siena xorijliklar universiteti ham shular jumlasidandir.

Ushbu universitetga SamDCHTIning  ''Ispan va italiyan tillari'' kafedrasi o'qituvchilari B.Sodiqova hamda N.Nuriddinovalar joriy yilning avgust oyi davomida malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka o'tash maqsadida  safarga yuborilmoqda.

Safar oldidan SamDCHTI rektori B.Xoliqov o'qituvchilar bilan uchrashuv o'tkazdi va unda malaka oshirish davomida o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa vazifalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-08-01 17:41:48 82