Bugungi globallashuv jarayonida tilimizning xalqaro doiradagi nufuzini oshirish, Oʻzbekistonni xorijda tanitish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijda keng targʻib qilish muhim vazifalardan biridir.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, har yili an’anaviy tarzda xorijlik talabalar uchun yozgi maktablar hamda til kurslari tashkil etilmoqda
Institutida xorijiy hamkor universitetlar va tashkilotlar, jumladan, Germaniya Akademiklar Almashinuv Xizmati (DAAD) tashkiloti bilan hamkorlikda xorijlik talabalarni O‘zbekistonda ta’lim olishga jalb qilish, ularga O‘zbekiston to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari va yozgi maktablar tashkil etilmoqda.
Jumladan, institutda bir guruh xorijlik talabalar uchun bir oylik o‘zbek tili va madaniyati, O‘zbekiston tarixi, geografiyasi va iqtisodiyotini o‘rgatishga qaratilgan “Yangi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini kashf eting; til va madaniyat” nomli yozgi maktab faoliyati boshlandi. Yozgi maktabda Germaniya va Italiya universitetlari talabalaridan iborat yoshlar oʻzbek tili va madaniyatini oʻrganishmoqda.









O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
