Qashqadaryo viloyati “Lochin” oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” shiori ostida III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi o’tkazildi.

Qurultoyda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Ingliz tili fakulteti talabalari Sevinch Muradulloyeva hamda Sug’diyoda Mamarajabovalar “Munozara” intellektual turnirida ishtirok etib, 1-o’rinni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Sharq tillari fakulteti talabasi Xayriniso Jo’rayeva MUN loyihasida ishtirok etib, “Best position paper” nominatsiyasiga sazovor bo'ldi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-08-20 16:59:48 59