2024-yil 5-23-avgust kunlari Germaniyaning DAAD (Germaniya Akademiklar Almashinuv Xizmati) tashkiloti bilan hamkorlikda “Go East Summer School-2024” loyihasi doirasida SamDChTIda “Yangi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini kashf eting, til va madaniyatni o‘rganing” (Explore the Ancient Cities in New Uzbekistan: Language, and Culture) nomli yozgi maktab loyihasi tashkil etildi. Yozgi maktab konseptsiyasi xorijlik talabalarga o‘zbek madaniyati, kundalik turmush tarzi, O‘zbekiston tarixi, geografiyasi va iqtisodiyoti, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berishga qaratilgan. Maktab davomida shuningdek, xorijlik talabalarga o‘zbek, rus va fors tili darslari kurslari ham tashkil etildi.


Maktabda jami 17 nafar xorijlik talabalar, jumladan Germaniyaning turli universitetlaridan 15 nafar (Berlindagi Humboldt universitetidan 2 nafar, Goettingen universitetidan 2 nafar, Freiburg universitetidan 1 nafar, Giessen universitetidan 1 nafar, Yena Universitetidan 1 nafar, Osnabryuck amaliy fanlar universitetidan 2 nafar, Tyubingen universitetidan 2 nafar, Vyursburg universitetidan 2 nafar, Bremen universitetidan 1 nafar, Brandenburg universitetidan 1 nafar, Wuerzburg universitetidan 1 nafar, Haydelberg texnologiyalar universitetidan 1 nafar) hamda Italiyaning Napoli sharqshunoslik universitetidan 2 nafar ishtirokchilar qatnashishdi. 

Yozgi maktab loyihasida SamDChTIning 9 nafar o‘qituvchilari hamda 8 nafar talabalari jalb etildi.

Share:
2024-08-23 15:44:11 105