O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklashda, g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirishga beqiyos hissa qo‘shdi.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Samarqand shahrida Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi, jumladan, institut rektori I.M.Tuxtasinov, prorektorlar F.Sh.Ro‘ziqulov hamda O.M.G‘aybullayevlar, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi.

Share:
2019-01-30 11:10:00 83