Bugungi kunda ta'lim sifatini yanada oshirish va xalqaro doirada yurtimiz yoshlarining munosib o'rnini belgilash, shuningdek, ta'limning barcha bosqichlarini tizimli yo'lga qo'yish borasida yurtboshimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ta'lim sifatini yanada yaxshilash va talabalarga barcha qulayliklarni yaratib berish borasida keng miqiyosida qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, hozirda institutning Samarqand shahar Gagarin ko'chasi 43-uy manzilidagi hududida 400 o'ringa moslashgan 5 qavatli talabalar turar joyini qurish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mazkur bino davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etilmoqda.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
