Joriy yilning 6-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 1-yig‘ilishi Sharq tillari fakulteti faollar zalida bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning institutda amalga oshirilishi;
– 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quv jarayonini tashkil etish borasidagi ishlar;
– Institutda kelgusi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar;
– 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni grafigini tasdiqlash hamda kredit-modul tizimida tahsil oluvchi institut talabalarini kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini belgilash kabilar.
Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy daraja hamda ilmiy unvon olgan professor-o’qituvchilari diplom hmada kompyuterlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan institut xodimlarining 1-sinfga boruvchi farzandlariga maktab o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.
Ilmiy unvon olganlar
Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan falsafa fanlari doktori (DSc) Xamdamova Ma’rifat Akramovna 09.00.03 – “Falsafa tarixi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olganligi bilan diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari nomzodi Shomurodova Shaxlo Jahonovna 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha istisno tariqasida professorlik ilmiy unvonini olganligi bilan diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari nomzodi Obruyeva Gulchyehra Xamrokulovna 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha istisno tariqasida professorlik ilmiy unvonini olganligi bilan diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Amriddinova Nazira Shamsiddinovnani 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha istisno tariqasida professorlik ilmiy unvonini olganligi bilan diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Ingliz tili o‘qitish metodika kafedrasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Petrosyan Nelya Valeryevna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olganligi bilan diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Ilmiy daraja olganlar
Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Sulaymanova Nilufar Jabbarovna diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Xalova Maftuna Abdusalomovna diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan 09.00.02 – “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika)” ixtisosligidan falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Xoliqov Yunus Ortiqovich diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni o‘qish muddati tugashidan oldin olganligi bilan 3 bosqich tayanch doktorant Nazarova Nurjahon Bahodir qizi diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasidan 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Mardonova Sitora Mardonovna diplom hamda kompyuter bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
