Bugun, 9-sentabr kuni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham o’quv jarayonlariga start berildi. Bakalavriat bosqichida 19 ta ta’lim yo’nalishi, 16 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlayotgan institut yangi o’quv yilida 1 600 nafardan ziyod birinch bosqich talabalarini oʼz bag'riga oldi.

Shu munosabat bilan institutda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi va ularda ishtirok etgan institut rektori Bahodir Xoliqov so'zga chiqib, talabalik baxtiga muyassar bo’lgan yigit-qizlarni muborakbod etdi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida talaba-yoshlarga ko’plab imkoniyatlar eshigi ochilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, “Avval test keyin tanlov” tamoyili yangi tizim sifatida joriy etilgani hamda magistratura mutaxassisligida xotin-qizlarning davlat granti asosida ta’lim olishi ana imkoniyatlar yaratilgani aytib o’tildi. Rektor talabalarning kelgusidagi o’qish va faoliyatlarida omad tiladi.

Tadbirlar davomida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich talabalaridan bir guruhiga institut rahbariyatining esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2024-09-09 16:49:09 185