Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim sifati va samaradorligini yanada yaxshilash, talabalar hamda professor-o’qituvchilarga barcha qulayliklarni yaratib berish borasida keng islohotlar olib borilmoqda. Yangi o’quv binolari va talabalar turar joylarini qurish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari e’tirofga sazavordir.

Bugun, 9-sentabr kuni 2024/2025 o’quv yili boshlanishi munosabati bilan institutda 2000 o’ringa mo’ljallangan 7 qavatli yangi o’quv binosi foydalinishga topshirildi. Mazkur o’quv binosi loyihasining umumiy qiymati 74 mlrd 287 mln so‘mni tashkil etadi. “Sifat plus qurilish” MCHJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan mazkur bino institut talabalari va professor-o’qituvchilari uchun haqiqiy bayram sovg’asi bo’ldi.

Yangi binoda 3 ta fakultet talabalari tahsil oladi. 1000 o’ringa ega bo’lgan 85 ta o’quv xonasi, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan 300 o’rinli mustaqil ta’lim xonasi, 320 o’rinli  faollari zali, Axborot-resurs markazi, 2 ta sinxron tarjima amaliyoti xonasi, 1 ta muzey, 1 ta “Registrator ofisi”, konferensiyalar zali hamda 5 ta sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga mo’ljallangan xonalar ular xizmatiga topshirildi.

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2024-09-09 17:55:17 223