Talabalar almashinuv dasturi doirasida SamDCHTIning Yapon tili yo’nalishi talabalari bilan Yaponiyaning Nara prefekturasi vakili Yamashita va Yagi  janoblari boshchiligida yaponiyalik 5 nafar talaba institutga tashrif buyurishdi.

Sharq tillari fakulteti faollar zalida tanishuv marosimi tashkil etildi. Mezbon talabalar ijrosida yaponcha qo’shiq va raqslar ijro etildi. Talabalar o’rtasida savol-javoblar bo’lib o’tdi.

Yaponiyalik mehmonlar SamDCHTI talabalari bilan Samarqand shahrining tarixiy joylari va muqaddas maskanlarini ziyorat qilishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-13 16:56:31 64