Talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ularni malakali pedagog sifatida tayyorlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti 4-bosqich talabalariga amaliyot o‘tash borasida bir qancha tavsiya hamda yo‘riqnomalar berildi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, bu jarayonda talabalarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishda yillar davomida egallab kelgan bilim hamda ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shular jumlasidan amaliyot davrida ular tomonidan egallanishi kerak bo‘lgan kasbiy mahoratlari jarayonning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Malakaviy amaliyotni tashkil etish yuzasidan institutning Ingliz filologiyasi hamda tarjimashunoslik fakultetida seminar tashkil etildi. Konferensiyada dastlab fakultet dekani Anvar Ismoilov talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Amaliyotni o‘tash davrida, talabalarning bajarishi kerak bo‘lgan vazifalari yuzasidan Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Akram Shermatov dastlabki tushunchalar berdi.
Keyingi navbatda Aziz Latipov hamda kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari tomonidan yo‘riqnomalar berildi. Konferensiya davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga kafedra professor-o‘qituvchilari javob berishdi.






SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
