Avval xabar qilinganidek, 20/21 sentabr kunlari Samarqand davlat chet tillar institutining xalqaro ta'lim dasturlariga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.
Imtihonlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Janubiy Koreyaning Til o‘qitish xalqaro oliy maktabi (International Graduate School of Language Education) xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kim Jung Hoon hamda ingliz tili o‘qitish bo‘limi boshlig‘i Park Haeoklar bilan SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov uchrashib, tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Unda imtihon o'tkazish tartiblari kelishib olindi. Shuningdek, ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha takliflar bildirildi.

.jpg)

.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
