Hindistonning O.P. Jindal Global University vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.

Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Samarqand davlat chet tillar instituti va O.P. Jindal Global University o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Jumladan, Ingliz tili fakulteti dekani B.Pulatov, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi boshlig'i  J.Nasrullayev, "Ingliz tili nazariyasi" kafedrasi mudiri N.Suleymanova, "Ingliz tili nazariyasi" kafedrasi professor o'qituvchilari hamda O.P.Jindal Global Universitetini strategik rivojlantirish offisi boshlig'i Rahul Bhandari, mazkur universitetning xalqaro reyting bo'limi direktor o'rinbosari Puja Devi va Talabalar hayoti bo'limi boshlig'i Khemka Mayanklar o’rtasida o'quv, ilmiy, akademik mobillik va barqaror rivojlanish maqsadlari yo'nalishlari bo'yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashinildi.

Professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini yanada oshirish, birgalikda yangi markazlar faoliyatini yo'lga qo'yish, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv davomida O.P. Jindal Global University Professori Rahul Bhandari tomonidan o‘z universiteti haqida taqdimot qildi. Tomon o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol va javoblar bilan muloqot yakunlandi.

Share:
2024-09-23 15:22:40 101