Joriy yilning 17-19 sentabr kunlari Purdue universitetining Rosen Advanced Computing markazi (RCAC) vakili Suzanne Gardner Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan institutga tashrif buyurdi. 

Suzanne Gardner Purdue universiteti, AQSHdagi ta’lim tizimi va ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kelgusida rivojlantirish masalalari haqida ma’ruza qildi. Kechki va kunduzgi ta’lim fakulteti talabalari bilan o‘tkazilgan seminar va davra suhbatlarida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xorijlik mutaxassisdan javob oldilar.

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti professor va o‘qituvchilari potentsial hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qiziqish bildirdilar. Maqsad - amerikalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish va virtual uchrashuvlar tashkil etish, institutlar o'rtasida akademik almashinuv va umumiy ta'lim imkoniyatlarini rivojlantirishdir.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-23 15:46:04 376