Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya fanlari doktori, professor Inoyatulla Suvonqulov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan uning ibratli hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag’ishlangan ilmiy-adabiy tadbir bo’lib o’tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo’limi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirga Shoir va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, olimlar, talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri F. Toshev olib bordi. So’zga chiqqan SamDCHTI prorektori A. Kuraxmedov, filolog olimlar – D.Salohiy, S.Karimov va E. Musurmonov, T.Jo’rayev, iqtisod fanlari doktori, professor M.Pardayev, I.Suvonqulovning farzandi – M.Suvonqulovalar olimning ibratga loyiq hayot yo’li, ilmiy pedagogik faoliyati, qoldirgan boy ilmiy merosi, farzandu shogirdlari, ayniqsa Samarqand shahridagi toponomok ob'yektlarni milliyligimizga xos tarzda nomlash borasida ko'rsatgan fidoyiliklari haqida fikr yuritishdi, olim bilan bog’liq xotiralari bilan o’rtoqlashishdi.
Tadbir ishtirokchilariga olimning yangi nashrdan chiqqan kitoblari sovg’a qilindi.










SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
