Bugun, 2-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni institut rektori Bahodir Xoliqov olib bordi.
Yig’ilishda joriy yilning 30-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasi vakillari ishtirokida o’tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar, tavsiyalar va ularning ijrosini ta’minlash borasidagi rejalar haqida institut rektori ma’lumot berdi.
Shuningdek, har bir xodim, har bir professor-o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalar samaradorligini oshirishga e’ribor qaratildi. SamDCHTI akademik litseyi hamda institutga biriktirilgan tumanlardagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni kengaytirib borish va pedagogik klasterlar faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
So’zga chiqqan Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor O.G’aybullayev institut professor-o’qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish va yoshlarni ilmiy tadqiqiot ishlariga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot berdi.
Shundan so’ng institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori U.Jumanazarovning bitiruv malakaviy ish mavzulari, ilmiy rahbarlar va maslahatchilarni tasdiqlash to’g’risidagi axboroti eshitildi.
“Registrator ofisi“ tashkil etilishi va talabalar harakatini boshqarish funksiyalarini fakultetlardan “Registrator ofisi”ga o’tkazilishi to’g’risida „Registrator ofisi“ direktori S.Erkinov axborot berdi.
Institutning Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi boshlig’i J.Nasrullayev institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarning faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkichlarini baholash tizimi (KPI) yangi me’yorlar haqida tushunchalar berdi.
Kengashda ko‘rilgan masalalar yuzasidan so’zga chiquvchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi va ma’sullarga kerakli topshiriq hamda ko’rsatmalar berildi.









SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
