Samarqand davlat chet tillar institutida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o’qituvchilarni taqdirlash an’anaga aylangan. Bu safar ham institut rektori Bahodir Xoliqov tomonidan shunday yutuqlarni qo’lga kiritgan professor-o’qituvchilar taqdirlandi.
Institutning Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ozoda Yadgarova 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi va u institut rahbariyati tomonidan noutbuk bilan taqdirlandi.
Yaqin sharq tillari kafedrasi 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan Abdurasul To‘xtamishyev, Ikkinchi chet tillar kafedrasi 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan Iroda Malikova, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni o‘qish muddati tugashidan oldin olgan 2-bosqich tayanch doktoranti Shohista Rustamovalar ham noutbuk bilan taqdirlanishdi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
