Mamlakatimizda joriy yilning 27-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylovlar bo’lib o’tadi. Joylarda ushbu siyosiy jarayonga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o’tkazuvchi 145-savlov uchastkasi Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan. Uchastkada komissiya a’zolari va saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Institutning malakali professor-o’qituvchilari va mahalla faollaridan tarkib topgan uchastka saylov komissiyasi a’zolari tomonidan saylov jarayoni bilan bog’liq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayni paytda savlov uchastkasida saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlangan.
– Saylov uchastkamiz orqali hududdagi “Bog’iston” va “Sevali ota” mahallalarida istiqomat qiluvchi saylovchilar kelib ovoz berishadi, – deydi uchastka saylov komissiyasi kotibi Shuhrat Bozorov. – Saylovchilarning umumiy soni 1924 nafarni tashkil etadi. Shundan 33 nafari birinchi marotaba ovoz beruvchilardir. Amaldagi qonunlarimiz va Saylov Kodeksiga ko’ra joriy yilning 16-oktabr kunidan boshlab muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi. Biz muddatidan ular uchun barcha sharoitlarni yaratganmiz. Ayni paytgacha muddatidan oldin ovoz berish maqsadida saylovchilardan murojaat bo’lgani yo’q.
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari tomonidan institut talabalari, “Bog’iston” va “Sevali ota” mahallalaridagi saylovchilarni siyosiy jarayonga faol ishtirok etishga chorlab, targ’ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. Beshta partiyadan deputatlikka nomzodi ko’rsatilganlar va ishonchli vakillarning saylovchilar bilan uchrashuvlari tashkil etilib, ular o’zlarining saylovoldi dasturlari, kelgusidagi rejalari haqida saylovchilarga ma’lumot berishmoqda.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
