Oliy ta’lim muassasasining reytingi, uning salohiyati chuqur bilim va yuqori tajribaga ega bo’lgan malakali professor-o’qituvchilar salmog’i asosida belgilanadi. Shu sabab Samarqand davlat chet tillar institutida olimlar o’z ilmiy-tadqiqiot ishlarini sifatli olib borishlariga katta e’tibor qaratilib, ularga keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Bundan institut ilmiy jamoasi, ayniqsa, yosh olimlar samarali foydalanib kelishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov institutda tahsil olayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan o’tkazgan muloqotida institut ilmiy faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, yosh olimlar oldida turgan muhim vazifalar haqida so’z yuritildi. Belgilangan muddatlarda tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va yakunlash, reja asosida faoliyatni yo’lga qo’yish to’g’risida ko’rsatma va tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-10-18 17:24:39 83