Samarqand davlat chet tillar institutida taniqli olim, oliy ta’lim alochisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mustafo Bozorovning 70 yillik yubileyiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani  bo’lib o’tdi.

“Fan taraqqiyotining dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda institut professor-oqituvchilari, talabalar, mamlakatimiz va qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassaslaridan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etishdi.

Dastlab Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning Mustafo Bozorovning 70 yillik yubileyiga bagʻishlangan tabrik soʻzi oʻqib eshittirildi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti professori Soyibnazar Karimov, Buxoro tibbiyot instituti professori Qurbon Shodmonov, faxriy pedagog Xurshid Hotamov va boshqalar Mustafo Bozorovning mohir pedagog, jonkuyar ustoz, ilm-fan fidoyisi sifatida olib borgan ibratli faoliyatini e’tirof etishdi.

Tojikiston Respublikasining Panjikent pedagogika instituti rektori Muazzam Qudratzoda oʻz soʻzida oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi azaliy doʻstlik hamda bugun ikkala mamlakat olimlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti nafaqat mamlakatimizda balki qoʻshni davlatlarda ham yuqori nufuzga egaligi, oliygoh tayyorlayotgan kadrlarning salohiyati institutning nufuzi oshib borishida Mustafo Bozorov singari olimlarning xizmatlari muhim ekanligi alohida tilga olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-10-19 16:11:41 113