Samarqand davlat chet tillar institutida professor-o’qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Olimlar va yosh tadqiqotchilarga barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Bunda imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan bir qator olimlarning ilmiy tadqiqotlari tegishli ilmiy ixtisosliklarning seminarlarida muhokama qilib borilmoqda.
Yaqinda bo’lib o’tgan seminarlarda institut ilmiy tadqiqotchisi Malik Kuchiyevning 10.00.04 – “Yevropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Hozirgi zamon nemis tilida frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyalar (struktur-semantik tahlil)” mavzusidagi ilmiy ishi, institut mustaqil izlanuvchisi Boburjon Abdurazoqovning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun yozgan “Ingliz va o‘zbek tillarida emotsional konseptlarning verballashuvi” mavzusidagi ilmiy ishi, institut tayanch doktoranti Nigora Ibragimovaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun yozgan “Yurak/Heart” konseptual tushunchasining paremiologik va frazeologik birliklarda faollashuvi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)” mavzusidagi dissertatsiyasi, shuningdek "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi Iroda Ablakulovaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanishi” mavzusidagi dissertatsiyalari ilmiy seminarlarda muhokamadan o’tkazildi.
Seminarlarda ilmiy kengash a’zolari tomonida muhokama qilinayotgan tadqiqot ishlaridagi yutuq va yangiliklar e’tirof etilgan holda, mavjud kamchilikarni bartaraf etish bo’yicha dissertatsiya yoqlayotgan olimlarga tavsiyalar berildi.






SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
