2019-yilning 14-fevral kuni institut faollar zalida Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirga Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, professor Muhammadjon Xolbekov, dotsent Xonimqul Tojiev, Yozuvchilar uyushmasi raisi Toshpo‘lat Tugal, institut ARM direktori A.Eshqobilov, til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri boburshunos A.Turabov, ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 140 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda institutimiz rektori I.Tuxtasinov yozuvchi Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini birinchi marta o‘zbek tilidan Ingliz tiliga tarjima qilingan kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov ochib berib, Zahiriddin Muhammad Boburning madaniyatimizga qo‘shgan hissasi hamda mustaqilligimiz siz yoshlarga haqqoniy tariximizni o‘tmishimizni ajdodlarimizni o‘rganishda tom ma’noda qalqon bo‘lganligi, O‘zbek xalqining tarixi buyukdir. Bizning diyorimiz ko‘plab ilm-fan olamining yetuk allomalarini tarbiyalab berganligi, ulardan biri ham shoh ham shoir bo‘lgan Bobur umrining ko‘p vaqtini jang-u jadallarda Vatandan yiroqda yurt sog‘inchi azobida o‘tkazgan bo‘lsa-da, bebaxo meroslar qoldirishga ulgurganligi, Zahiriddin Muhammad Bobur Amir Temurning 3-o‘g‘li Mironshoxning evarasi Umarshayx Mirzo xonadonida 1483- yilning 14-fevralida Andijon shahrida tavallud topgangini aytib o‘tdi.
Tadbirda ingliz tili fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan Bobur g‘azallaridan parchalar aytildi.
Institut rektori I.Tuxtasinov taqdimot marosimida Mirzo Bobur shaxsiga to‘xtalib, uning adabiy merosi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi ekanini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida tarjimon I.Tuxtasinov “Yulduzli tunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilish jarayoni bilan bog‘liq jihatlar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





