Joriy yilning 20-fevralida Belorusiya Respublikasining Mogilyev davlat universiteti rektori M.Kirkor, Polessky davlat universiteti prorektori O.Zolotareva, Gomel davlat texnika universiteti prorektori A.Sychev, Vityeb davlat texnologiya universiteti prorektori V.Jiznevskiy, Baranovichi davlat universiteti prorektori A.Unsovichlar ishtirokidagi delegatsiya Samarqand shahriga xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida rasmiy tashrif buyurishdi.
Bunda Belorusiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari hamda Samarqand shahridagi OTMlari rektorlari, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinovlar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Jumladan, xalqaro aloqalari, ta’lim tizimi, o‘quv jarayoni, professor-o‘qituvchilar faoliyati, fakultet va kafedralar, xullas, o‘z oliygohlari to‘g‘risida rektor va prorektorlar batafsil tanishtirib o‘tishdi.
Anjuman so‘ngida Mogilyev davlat universiteti, Polessky davlat universiteti, Gomel davlat texnika universiteti, Vityeb davlat texnologiya universiteti, Baranovichi davlat universitetlari rahbariyati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov Hamkorlik shartnomasini imzoladi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch










