O‘zbekiston Respublikasi va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2019-yil 18-fevraldagi 87-02-350-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-fevralida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi M.Burxonov, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachlari G‘.Ravshanov hamda O.Qamarovlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar jamoasi ishtirok etishdi.
Shuningdek, Roman-german tillari fakultetida ham professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatiga Samarqand viloyati Adliya boshqarmasidan N.Safarov, viloyat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining katta mutaxassislari F.Karimov, O.Abjalovlar tashrif buyurishib, nutq so‘zlashdilar.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





