Ingliz tili-II fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi qoshida “Debate Club” to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi. Togarakning asosiy maqsadi: Ingliz tili I va II fakultetlarida tahsil olayotgan iqtidorli, ingliz tilida so`zlashuv ko`nikmalarini yanada rivojlantirmoqchi bo`lgan talabalarni jalb qillgan holda IELTS Speaking imtixoni shakli asosida so`zlashuv ko`nikmalarini 7+ (C1) gacha oshirishda o`zaro darslar olib borish. Ishtirokchilarining bilim va ko`nikmalarini oshirish va kelajakda IELTS imtixoni topshirmoqchi bo`lgan talabalarga MOCK testlar taqdim etish va shu bilan birgalikda ularda ingliz tilida so`zlashuv amaliyotini oshirish va talabalardagi ingliz tilida so`zlashuvdan uyalish yoki cho`chish kabi hislatlarni yo`qotish.

“Debate Club” to‘garagiga Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri L.Abdullayeva hamda J.Nasrullayevlar rahbarlik qilmoqda.

To‘garakka barcha qiziquvchi talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Share:
2019-03-30 09:55:00 84