Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq ekanligini Prezidentimiz ko‘p marotaba ta’kidlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash imtiyoziga Samarqand davlat chet tillar institutidan 17 nafar faol va iqtidorli talabalar sazovor bo‘lishdi va ularga sertifikatlar topshirildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





