O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 24-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar ish olib bordi.
— Sistem va struktur tilshunoslik muammolari;
— Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari;
— Kognitiv, pragmatik tilshunoslik masalalari;
— Zamonaviy tilshunoslikda matn nazariyasi va ta’lim uslubiyati masalalari;
— Til va adabiyot nazariyasi.
Ilmiy-amaliy anjumanda Altay davlat universiteti professori Brinev Konstantin Ivanovich hamda Korolkova Yulia Aleksandrovnalar, shuningdek, Respublikamizning Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining OTMlari professor-o‘qituvchilari o‘zlarining mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch







